Farg’ona davlat universitetining Tabiiy fanlar fakultetida ta’lim olayotgan birinchi bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Unda fakultet rahbariyati, professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuvdan ko’zlangan maqsad - talabalarning oilalari bilan yaqindan muloqot o’rnatish, ota-onalarni universitet faoliyati bilan tanishtirish, shuningdek, o’quv jarayonidagi yangiliklar - kredit-modul tizimi tartib-qoidalarini tushuntirish, talabalar turar joyida va ijarada yashovchi yoshlar mas’uliyati kabi jiddiy masalalarni muhokama etishdan iborat bo’ldi.
Samimiy va ochiq ruhda o’tgan muloqotda oila va ta’lim muassasi yoshlar tarbiyasida birday mas’ul ekanligi ta’kidlandi, bu borada ota-onalarning alohida vazifa va burchlari eslatib o’tildi, ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.