Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

“BOSHLANGʼICH TA’LIM: MUAMMO VA YECHIMLAR”

15:54, 11.11.2021      

Farg’ona davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti tashabbusi bilan “Xalqaro PISA tadqiqoti mamlakatdagi ta’lim sifatini baholashning eng muhim vositalaridan biri sifatida” mavzusida seminar oʼtkazildi.

Uni maktabgacha va boshlangich talim fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori Z. Akbarova olib bordi.

Seminar davomida Ural davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori L.V.Voroninaning “Formirovaniye funkцionalьnoy gramotnosti u obuchayuщixsiya”, fakultet oʼqituvchisi R.Sharofiddinovaning “Mental arifmetika va robototexnika mashgulotlarini boshlang‘ich sinf oquvchilarini aqliy rivojlanishiga tasiri”, universitet 1-kurs magistranti M.Xasanovaning “Primeneniye obrazovatelьnыx texnologiy na urokax matematiki dlya razvitiya motivaцii uchaщixsya s цyelьyu povыsheniya kachestva obucheniya” va Fargʼona shahridagi 5-umumtaʼlim maktabi oʼqituvchisi Sh.Naymanboyevaning “3-sinf matematika darslari orqali oquvchilarni matematik savodxonligini oshirish yo’llari” mavzusidagi maʼruzalari tinglandi.

Seminarda maktabgacha va boshlangʼich taʼlimdagi mavjud muammolar, eʼtibor qaratish lozim boʼlgan masalalar oʼrtaga tashlandi, bu borada malakali professor-oʼqituvchilarining fikr-mulohazalari tinglandi.