Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

FILOLOGIYА FАKULTETI: “Taniqli adib va dramaturg Saydali Odilov 80 yoshda”

20:21, 11.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti filologiya fakultetida taniqli adib va dramaturg, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Saydali Odilov tavalludining 80 yilligiga bagʼishlangan adabiy kecha oʼtkazildi.

Fargʼona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning joriy yil 23 oktyabr kuni qabul qilingan farmoyishiga asosan, noyabr oyining uchinchi oʼn kunligida boʼlib oʼtadigan “Аdabiyot kunlari” arafasida tashkil etilgan adabiy bayramda Fargʼona adabiyoti rivojiga munosib hissa qoʼshib kelayotgan ijodkor nomi ulugʼlandi.

Unda fakultet professor-oʼqituvchilari, yozuvchi va shoirlar, talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Аdabiy kechada Fargʼona davlat universiteti professori, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi S. Moʼminov adibning ijodiy faoliyati haqida toʼxtalib oʼtdi. Iqtidorli talabalar tomonidan S.Odilov hayoti va ijod yoʼli, uning qalamiga mansub asarlar mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar taqdim etildi, shoir qalamiga mansub sheʼrlar oʼqildi.

Viloyatimizda keng quloch yozayotgan “Аdabiyot kunlari” doirasida oʼtkazilgan ushbu tadbirning mantiqiy davomi sifatida viloyat teatri jamoasi bilan birgalikda adib bilan ijodiy kecha tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Saydali Odilov ijodini talabalar oʼrtasida keng targʼib qilish, bu orqali yoshlarni adabiyotga, kitobxonlikka oshno etish, ijodkor talabalarning iqtidor qirralarini namoyish etishlariga sharoit yaratish maqsadlarini koʼzda tutgan. Аdabiy kecha mamlakatimiz, xususan, Fargʼona viloyatida adabiyotga eʼtibor masalasi ustuvor ahamiyat kasb etayotganini toʼla namoyon etdi.