Davlatimiz rahbari yoshlarimizga bo`lgan e`tiborni yanada kuchaytirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida 5 ta muhim tashabbusdan biri sifatida sport tadbirlariga alohida e`tibor qaratish, sport bilan shug`ullanishga zarur shart-sharoitlarni yaratish vazifalarini ilgari surgan edilar.
Aynan ushbu vazifalar ijrosi doirasida Zootexniya fakultetida ta`lim olayotgan talabalar akademik guruhlari o`rtasida futbol, talaba-qizlar uchun voleybol musobaqalari tashkil etildi. Guruhlar o`zaro musobaqaga kirishar ekanlar, g`oliblikdan ham ko`ra o`z jismoniy tayyorgarliklarini takrorlayotganliklaridan, bo`sh vaqtlari o`zlari uchun unumli va foydali o`tayotganidan mamnun bo`ldilar. Chunki, sport bilan shug`ullanish nafaqat jismoniy holatni yaxshilaydi, balki miya uchun ham foydali, reaksiyani tezlatadi hamda tez qarorlar qabul qilish qobiliyatini oshiradi.
Darhaqiqat, bugun atrofimizda g`oyaviy bo`shliqni qidirgan yot aqidalar kezib yurgan davrda yoshlarimizning jismoniy immunitetini kuchaytirish, ularning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o`zi ko`rsatib turibdi.
Shu bois, bu kabi sport musobaqalari universitetning har bir fakultetida o`tkazib borilmoqda.