Ota-onalar majlisi - oliy ta`lim muassasasi va talabalarning oilalarini o`zaro bog`lovchi asosiy ko`prikdir. O'quv yili boshlanishi bilan ikki tomon – ota-onalar va ta`lim muassasasida turli savollar, taklif-mulohazalar va fikrlar paydo bo`ladi.
Aynan shu ikki tomondagi taklif va murojaatlarni muhokama qilish maqsadida Farg`ona davlat universitetining Zootexniya fakultetida ona-onalar yig`ilishi o`tkazildi. Yig`ilishda fakultet rahbariyati, professor-o`qituvchilar, tyutorlar ishtirok etdilar.
Bunda yig`ilganlar asosan birinchi bosqichda ta`lim olayotgan tuproqshunoslik, dorivor o`simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, zootexniya: asalarichilik, agronomiya: anorchilik yo`nalishlari talabalarning ota-onalaridan iborat bo`ldi.
Majlisda so`z olgan fakultet mutasaddilari ota-onalarga universitet va fakultetning ichki tartib-qoidalari, talabalarga o`qishga kelib-ketish va kerakli bilim-malakalarni o`zlashtirish yuzasidan qo`yilgan talablar, kredit-modul tizimi, ijarada va talabalar yotoqxonalarida yashayotgan yoshlar nazorati, shuningdek, ularni haqiqiy mutaxassis va ma`naviy yetuk kadr bo`lib tarbiyalashda ahamiyat qaratilishi lozim bo`lgan muhim masalalar yuzasidan ma`lumot berib o`tdilar.
Bu kabi hamkorlikdagi majlislarning muntazam tashkillanishi - yoshlar tarbiyasini nazoratga olish, darsdagi ishtirokini faol yo`lga qo`yishda muhim sanaladi.