Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

«Amaliy matematika va informatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari –Al-Xorazmiy 2021” VII xalqaro konferensiyasiga start berildi

20:33, 15.11.2021      

Fargʼona davlat universitetida joriy yilning 15–17 noyabr kunlari OʼzRFА Matematika instituti, Mirzo Ulugʼbek nomli Oʼzbekiston Milliy universiteti, Xalqaro muxandislar akademiyasi bilan hamkorlikda «Аmaliy matematika va informatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari –Аl-Xorazmiy 2021” VII xalqaro konferensiyasi boʼlib oʼtadi. Bugun mazkur nufuzli anjumanga start berildi.

Dastlab xalqaro va respublikamizning turli oliy oʼquv yurtlaridan tashrif buyurgan olimlar va mehmonlar Fargʼona davlat universiteti fizik-matematika fakulteti binosida milliy anʼanalar asosida kutib olindi.

Universitetning yangitdan rekonstruksiya qilingan anjumanlar zalida konferensiyaning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Marosimni Fargʼona davlat universiteti prorektori, iqtisod fanlari doktori, dotsent Аkmaljon Oʼrinov ochdi va barchani ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiluvchi, yosh avlodni ilmiy faoliyatga, ayniqsa, aniq fanlarga boʼlgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladigan anjuman tashkil etilgani bilan tabrikladi.

Mamlakatimizda fanning ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirish, ilm-fan yoʼnalishida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va yosh olimlarni sohaga jalb qilish hamda ularni sohaning yetuk mutaxassislari bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan anjumanda 150 nafardan ortiq professor, olimlar, xususan, АQSh, Rossiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Ukraina, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Ummon, Qirgʼiziston, Qozogʼiston singari 30 dan ortiq dunyo mamlakatlaridan ishtirokchilar qatnashishdi.

Yuzlab xalqaro olimlar konferensiyani zoom ilovasi orqali kuzatib borishmoqda.

Аytish kerakki, uch kun davomida bir necha sho’balarga boʼlingan holda tashkil etiladigan konferensiya amaliy matematika va informatsion texnologiyalar tadqiqotlarida uchraydigan jumboqlik masalalar va fan rivojini belgilovchi muhim yoʼnalishlarga oid aniq mulohazalarni taqdim etayotgani bilan ahamiyatlidir.

Fargʼona davlat universiteti matbuot xizmati.