TАNTАNАSI -OLTIN DАVR SHUKRONАSI
Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyida 17 noyabr -Xalqaro talabalar kuni munosabati tantanali tadbir oʼtkazildi.
Fargʼona davlat universiteti Chet tillari fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan bayram 2021-2022 oʼquv yilida fakultetning bakalavriat yoʼnalishlariga muvaffaqiyatli qabul qilingan 1-kurs talabalarini qutlashga bagʼishlandi.
Bugungi kunda mazkur fakultetda tahsil olayotgan talabalar soni 4000 ming nafardan ziyodni tashkil etadi. Fargʼona davlat universiteti rektorining joriy yil 3 noyabrdagi buyrugʼiga asosan Chet tillari fakultetidan yangi –Xorijiy til: ingliz tili va adabiyoti fakulteti ajralib chiqdi va oʼz faoliyatini boshladi.
Bu yil filologiya va tillarni oʼqitish va yangitdan ajralib chiqqan xorijiy til: ingliz tili va adabiyoti fakultetlariga 475 nafar talabalar oʼqishga qabul qilindi.
Tantanali tadbirda soʼz olgan Fargʼona davlat universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektori Ilhomjon Nosirov, oʼquv ishlari boʼyicha prorektor Rahmatillo Shukurov, fakultetlar dekanlari Аbdugʼofur Qosimov va Nargizaxon Toirovalar universitet talabasi, degan sharafli va maʼsuliyatli nomga erishgan yoshlarni talabalikka qabul qilinganlari bilan samimiy tabriklashdi.
Fakultetdagi barcha yoʼnalishlarga eng yuqori ballar bilan oʼqishga kirgan Gulhayo Ubaydullayeva, Nodira Аhmadjonova, Shaxina Аkramjonova, Mohiraxon Gʼofurova, Xadichaxon Shokirova singari bir guruh iqtidorli talabalar Fargʼona davlat universitetining faxriy yorligʼi va esdalik sovgʼalari, kitoblar jamlanmalari bilan taqdirlanishdi.
Tantanali marosimda namoyish etilgan musiqiy-badiiy kompozitsion dastur barchaga koʼtarinki kayfiyat ulashdi.
Universitet talabalari “Talabalik -oltin davrim” qoʼshigʼini joʼshib ijro etdilar.
Farg’ona davlat universiteti matbuot xizmati