Ma'lumki ayni kunlarda oliy ta'lim tizimida ikkinchi marotaba “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” bo'lib o'tmoqda. Mazkur forum joriy yilning 16-17-noyabr kunlari Moskva shahrida M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti binosida bo’lib o’tadi.
Aytish kerakki, O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi ikki mamlakat o‘rtasida ta’limning barcha bosqichlaridagi hamkorlik masalalari muhokamasi uchun o‘ziga xos platforma vazifasini o‘taydi. Bu yilgi ikkinchi Forum kun tartibiga ilmiy sohada ham hamkorlik masalalari kiritilgan.
Tadbirda ikki tomondan oliy ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim, ilm-fan sohalari uchun mas’ul vazirliklar va tashkilotlar vakillari ishtirok etadilar. Rossiya tomonidan tadbirning asosiy tashkilotchilari – Ilm-fan va oliy ta’lim vazirligi, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU). O‘zbekiston tomonidan esa forumga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshchilik qilmoqda.
Forumda ishtirok etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi mamlakatdagi davlat oliy ta’lim muassasalari va filiallar rektorlaridan iborat.
Tadbirning birinchi kuni yalpi majlis o’tkazilib, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash, sho‘balardagi chiqishlar va ta’lim, ilm-fan, kadrlar tayyorlash va rus tilini o‘qitish masalalari bo’yicha muhokamalar jarayoni amalga oshiriladi. Forumning ikkinchi kunida esa O‘zbekiston OTMlari rektorlari uchun interaktiv seminar tashkillanib, ular Moskvadagi OTMlarga tashrif buyuradilar.
Ayni daqiqalarda Moskva davlat universitetida forumning ochilish marosimiga tayyorgalik ishlari ketmoqda. O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari esa hozirda Moskva shahridagi “Radisson Slavyanskaya” mehmonxonasida bo’lib turishibdi.
Forum tavsilotlari xususida xabarlar berib boriladi.