Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

O‘ZBEKISTON-ROSSIYA TA’LIM FORUMI II: “FORUMNING BIRINCHI KUNI”

11:16, 17.11.2021      

“O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” Moskva shahrida M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti binosida bo’lib o’tmoqda. 16 noyabr - forumning birinchi kuni.

Aytish kerakki, O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi ikki mamlakat o‘rtasida ta’limning barcha bosqichlaridagi hamkorlik masalalari muhokamasi uchun o‘ziga xos platforma vazifasini o‘taydi.

Forumda ishtirok etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi mamlakatdagi davlat oliy ta’lim muassasalari va filiallar rektorlaridan iborat.

Ular tarkibida Farg’ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodir Shermuhammadovning borligi universitet jamoasi uchun ham faxrli hamda manfaatli bo’lmoqda.

Chunki oliy ta’lim tizimida amalga oshiriladigan hamkorlik kelishuvlarida Rossiyaning eng nufuzli universitetlari bilan Farg’ona davlat universiteti o’rtasida memorandumlar tuzish rejalashtirilgan.

Farg’ona davlat universiteti matbuot xizmati