Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

"Yashil makon" umummilliy loyihasi Fizika – matematika fakultetida

18:27, 17.11.2021      

Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasida Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda. Chunki barcha uchun foydali va hayrli bo‘lgan ishga hamma ham o‘z hissasini qo‘shishni istaydi.

Barchamizga ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektorda 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilinishini ma’lum qildi.

Ushbu ezgu tashabbus bugun universitetning barcha fakultetlarida qo‘llab-quvvatlanib, yashil ko‘chatlar ekish ishlari boshlab yuborilgan.

Yashil makon" umummilliy loyihasi Fizika-matematika fakulteti tomonidan davom ettirilib, oliygoh hududiga 165 tup sifatli archa ko‘chatlari o‘tqazildi. Shuningdek, fakultet jamoasi tashabbusi bilan shahardagi Muruvvat uyiga ham yashil ko‘chatlar ekildi.

Shu o‘rinda e’tirof etish kerakki, bugun ekilgan bir dona nihol erta katta daraxtga aylangach, uning soyasiyu mevasidan kattayu kichik birdek bahramand bo‘ladi, olayotgan nafasimiz musaffoligi ta’minlanadi.