Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida ilgari surilgan 5 muhim tashabbus ijrosi doirasida hamda “Talabalar kuni” bayrami munosabati bilan joriy yilning 17 noyabr kuni filologiya fakulteti talaba-qizlari oʼrtasida sport musobaqalari oʼtkazildi.
Jismoniy madaniyat kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbir talabalarning darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkillash, ular oʼrtasida sogʼlom-turmush tarzini targʼib qilishga qaratildi.
Musobaqa davomida talabalar tomonidan harakatli sport oʼyinlari, stol tennisi, arqon tortish kabi yoʼnalishlarda oʼzaro belllashdilar. Mazkur tadbir fakulьtetda oʼtkaziladigan talabalar spartakiadasining debochasi boʼlib, kelgusi haftadan sportning bir qator turlarini oʼz ichiga olgan bellashuvlarga start beriladi. Shuningdek, 19 noyabrь kuni talabalar va professor-oʼqituvchilari oʼrtasida sportning mini-futbol turi boʼyicha fakulьtet birinchiligi boshlanadi.