Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Farg‘ona davlat universiteti xodimi B.Raxmonovning vafoti munosabati bilan “kun.uz” saytida berilgan xabar bo‘yicha RADDIYA

10:22, 19.11.2021      

Kun.uz saytida keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligini va universitet matbuot xizmati bosh prokuraturaning asosli ma’lumotlariga tayanayotganini ta’kidlagan holda, quyidagilarni ma’lum qilamiz.

FarDU o‘qituvchisi, Shahrixon tumani «Bo‘ston» MFYda yashovchi B.R Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, u katta miqdordagi mablag‘ni totalizatorda yutqazib qo‘ygan.

2021 yil 17 noyabr kuni soat 16:00larda FarDU o‘qituvchisi, Shahrixon tumani «Bo‘ston» MFYda yashovchi B.R mazkur hududda joylashgan qabriston navesiga bo‘yin sohasidan o‘zini osib, joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

B.Rning jasadini sud-tibbiy ekspertiza mutaxassisi ishtirokida ko‘zdan kechirish davomida tan jarohatlari aniqlanmadi. Uning o‘limi sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida B.R internet orqali tavakkalchilikka asoslangan totalizator o‘yinlari o‘ynab kelgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, u 2021 yil 16 noyabr kuni Farg‘ona shahrida yashovchi «Hurshidbek» ismli shaxsdan mazkur totalizator o‘yinlarini o‘ynash uchun 57 million so‘m miqdoridagi pullarni qarzga olgan va pullarni yutqazib qo‘ygan. So‘ng pullarni 18 noyabr kuni qaytarib berishni va’da qilib, uyidan olib kelib berishini aytgan.

18 noyabr kuni oila a’zolariga uni qabristondan topishlari to‘g‘risida sms-xabarnoma yuborgan va shu kuni soat 17:30larda oila a’zolari tomonidan o‘zi yashayotgan mahalla qabristonidan o‘zini osgan holatda topilgan.

Hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda. Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi B.Rahmonov 1991 yilning 29 noyabrida Andijon viloyati Shaxrixon tumani Chuja qishlog‘ida tug‘ilgan.

B.Rahmonov 2015 - yildaFarg‘ona davlat universitetining tarix fakulteti tarix yo‘nalishiga o‘qishga kirgan. 2019-yili shu fakultetni na’munali hulq va a’lo baholar bilan tamomlab, davlat budjeti asosida magistratura bo‘limiga o‘qishga kirgan. 2019-yili sentabr oyidan boshlab universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi sifatida faoliyat yurita boshlagan.

2021-yilda magistratura yo‘nalishini tamomlab, tarix fakultetiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. B.Rahmonov o‘z mehnat faoliyati davomida jamoat ishlarida faolligi, tashkilotchiligi, yoshlarni birlashtirishi bilan universitetda hurmat qozongan.

Farg‘ona davlat universiteti matbuot xizmati