Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

ZOOTEXNIYA FАKULTETI: “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”

13:12, 19.11.2021      


Fargʼona davlat universiteti Zootexniya fakultetida akademik guruhlari ishtirokida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.

Universitetda tahsil olayotgan turli millat vakillari oʼrtasida oʼzaro doʼstlik, birdamlik, ilmiy-ijodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, ular oʼrtasida “Oʼzbekiston -umumiy uyimiz” tamoyilining mohiyatini keng targʼib qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda fakultet professer-oʼqituvchilari, dekan oʼrinbosarlari, tyutorlar, yuz nafardan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Oʼzbekiston tarixi kafedrasi oʼqituvchisi M. Boltaboev, dekan oʼrinbosari O.Rahmatovning maʼruzalari tinglandi. Talabalar tomonidan badiiy-kompozitsion dastur namoyish qilindi.