Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

HАRBIY TА’LIM FАKULTETI: Davlat bayrogʼi - milliy davlatchiligimiz timsoli

13:14, 19.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti boʼylab kecha, 18 noyabr -Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va uchrashuvlar, mushoira, rasm va ijodiy ishlar, insholar koʼrik-tanlovlari, sport musobaqalari oʼtkazildi.

Barcha fakultet va kafedralarda mazkur sana qutlugʼ bayram sifatida nishonlandi. Xususan, universitetning Harbiy taʼlim fakultetida “Davlat bayrogʼi -milliy davlatchiligimiz timsoli” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.

Tadbirda millat bayrogʼining nufuzi, uning shon-u shavkatimiz timsoli ekanligiga urgʼu berildi. Davlat ramziga boʼlgan ehtirom va sadoqatni yuksaltirish -vatanparvarlikning eng buyuk namunasi, deya taʼkidlandi.

Tadbir soʼnggida qutlugʼ sana munosabati bilan tashkil etilgan loyihalarda faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandi.