Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

“QATAGʼON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYI: tarixiy adolat tantanasi

15:46, 20.11.2021      

FarDU tuzilmasidagi “Qatagʼon qurbonlari xotirasi” muzeyi tashabbusi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktyabrdagi 5598-sonli farmoyishiga asosan, qatagʼon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʼrganish, ular xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Inson – aziz, xotira – muqaddas” degan gʼoya asosida barcha tuman va shaharlar, mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning jasorati va ibratli faoliyatlarini targʼib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilmoqda.

Xususan, Fargʼona shahridagi 15-umumtaʼlim maktabida qatagʼon qurboni boʼlgan fidoyi shaxs - polkovnik Fozilov Orif Hakimovich xotirasiga bagʼishlangan tadbir tashkil etildi. Unda muzey xodimlari, “Yangisoy” MFY faollari, oqsoqollari, Oʼzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi Fargʼona shahar boʼlinmasi masʼullari, maktab oʼqituvchilari va oʼquvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Dastlab ishtirokchilar polkovnik Orif Fozilov xotirasiga bagʼishlangan burchak bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbirda soʼzga chiqqanlar ona yurt iqboli, xalqning baxtli va farovon hayoti yoʼlida fidoyilik bilan xizmat qilgan minglab zotlar qatagʼon qurboniga aylangani, istiqlol yillarida ular nomining tiklanishi va oqlanishi bilan tarixiy adolat tiklanganini taʼkidlab oʼtishdi.

Muzey tomonidan tayyorlangan “Aybsiz aybdorlar” hujjatli filmi namoyish qilindi.