Bugun Fargʼona davlat universiteti Axborot resurs markazida tayanch doktoranturaga qabul uchun onlayn test imtihonlari boʼlib oʼtmoqda.
Joriy yilning 22-23 noyabr kunlari oʼtkaziladigan imtihonlarda barcha talabgorlarning mutaxassislik fani va xorijiy til boʼyicha bilimlari sinovdan oʼtkaziladi. Huddi shu kunlari doktorantura (DsC) va stajyor-tadqiqotchilikka qabul boʼyicha ham suhbat boʼlib oʼtadi.
Test sinovlari jami 200 nafarga yaqin talabgorlarni 4 ta guruhga boʼlgan holda amalga oshirilmoqda.
Taʼkidlash kerakki, imtihonlarning ochiq va shaffof oʼtishi qatʼiy nazoratga olingan boʼlib, jarayonlar toʼgʼridan-toʼgʼri translyatsiya qilinmoqda.
Fargʼona davlat universiteti matbuot xizmati.