Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Filologiya fakulteti: KITOB -SAKKIZINCHI MOʼJIZA

16:48, 22.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti filologiya fakultetida “Kitob -sakkizinchi moʼjiza” nomli kitobxonlik targʼibotiga bagʼishlangan tadbir oʼtkazildi.

Unda soʼz olgan fakultet dekani Z. Rahimov, dekan o’rinbosari A. Abdullayev kitobning inson ongi-tafakkurini yuksaltirishdagi oʼrni, maʼnaviy qudrati haqida mulohazalarini bayon etib, yoshlarni kitobsevarlikka da’vat etishdi.

Ishtirokchilar kitob va kitobxonlik haqidagi aforizmlar, hikmatli soʼzlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirning asosiy qismi sifatida fakultetda kitob koʼrgazmasi va uning arzonlashtirilgan savdosi yoʼlga qoʼyildi.

Professor-oʼqituvchilar, talaba-yoshlar koʼrgazmadan oʼrin olgan darslik, qoʼllanma va lugʼatlar, oʼzbek va jahon adabiyotining eng sara namunalarini harid qildilar.

Talabalar oʼrtasida tashkil etilgan kitobxonlik soʼrovnomasi, “Men sevgan asar”, “Kitob javoningizga” kabi loyihalari qizgʼin va maroqli oʼtdi.