Mazkur murojaatda bildirilgan ko‘chat ekish jarayoni bilan bog‘liq iddao haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Daraxtlar uchun xodimlardan pul yig‘ilmagan.
Murojaatga ilova qilingan ko‘chat ekish jarayoni bilan bog‘liq jadval esa rahbar tomonidan imzolanmagan va jamoa fikri o‘rganilganda, ushbu murojaat o‘z tasdig‘ini topmadi.
Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq ma’murlaridan o‘rganilmagan va asoslantirilmagan murojaatlarni tarqatmaslikni so‘raymiz va bu huquqiy oqibatlarga olib kelishi haqida yana bir bor ogohlantiramiz.
Farg‘ona davlat universiteti matbuot xizmati