O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3391- sonli Qarori ijrosini ta'minlash, maqom san'atini yanada rivojlantirish, zamonaviy bastakorlik ijodiyoti an'analarini keng targ'ib qilish, maqom namunalari asosida zamonaviy asarlar yaratish, shu yo'lda ijod qilib kelayotgan kompozitorlar, bastakorlar hamda musiqashunoslarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish maqsadida o'tkazilgan Respublika ko‘rik-tanlovlari g'oliblari hamda sovrindorlari safida Fargʼona davlat universiteti professor-oʼqituvchilarining borligi faxrlanarlidir.
Nufuzli tanlovning musiqashunoslar o‘rtasida “Maqomlarga bag'ishlangan adabiyotlar” yo’nalishi boʼyicha faxrli uchinchi oʼrinni universitetning Sa’natshunoslik fakulteti professor-o’qituvchilari Dilshod Toshaliyev va Abdumutal Qambarovlar - “Sarahborlar” kitobi uchun qoʼlga kiritdilar.
Tantanali taqdirlash marosimida gʼoliblarga diplom va pul mukofotlari topshirildi.