Ma’lumki har bir davlatning davlat ramzlari doimo buyuk va muqaddas hisoblanib kelingan.Sababi u xalqni ezgu yo’l va ma’lum bir g’oya ostida birlashtirgan.Ana shunday ezgu timsollarimiz qatorida O’zbekiston Respublikasi bayrog’ini hamkeltirish mumkin.Ya’ni bundan 30 yil ilgari 18-noyabr kuni Davlat bayrog’I to’g’risidagi qonun qabul qilinib ,har yili ushbu sana respublikamiz bo’ylab ko’tarinki ruhda nishonlanib kelinmoqda.Joriy yilda ham mazkur sana munosabati bilan respublikamiz bo’ylab turli bayram tadbirlari bo’lib o’tmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Farg’ona Davlat Universiteti 1-sonli talabalar turar joyida bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda Pedagogika-psixologiya fakulteti dekan o’rinbosari S.Abdullayev so’zga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek tadbirda Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi A.Ahmedov so’zga chiqib davlat bayrog’ining mazmun – mohiyati haqida keng tushuncha berib o’tdi.Tadbir davomida talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida “Men sevimlikitobim” mavzusida adabiy –badiiy kecha tashkil etilib, talabalar o’zlarining o’qigan asarlarini gapirib berishdi.Shundan so’ng fakultet faol talabalari tomonidan sahna ko’rinishlari ham namoyish etildi.Ushbu tadbirda talabalarga o’zbek ba jahon adabiyotinamoyondalari asarlarihaqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.Tadbir talabalarga manzur bo’ldi.