Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN: “Bioorganik kimyo fanining dolzarb muammolari”

16:55, 23.11.2021      

Bugun “Bioorganik kimyo fanining dolzarb muammolari” mavzusida boʼlib oʼtgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Fargʼona davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetining professor-oʼqituvchilari ishtirok etishdi.

Universitetining Gender tenglik tadqiqotlari markazi anjumanlar zalida tashkil etilgan konferensiyani universitet prorektori I. Zokirov ochdi va anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Zoom dasturi orqali oʼtkazilgan tadbirda Rossiya Federatsiyasining Surgut davlat universiteti prorektori Ivan Danilenko, Oʼzbekiston Tabobat akademiyasi raisi, professor I. Аsqarov, Fargʼona davlat universiteti professori, kimyo fanlari doktori А. Ibragimov, Qoʼqon davlat universiteti professori, kimyo fanlari doktori V. Xoʼjaev kabi olimlarning maʼruzalari tinglandi.

Konferensiya ishtirokchilari bioorganik kimyo fanining dolzarb muammolari boʼyicha fikr-mulohaza almashdilar.

Kun davomida xalqaro anjumanning shoʼba yigʼilishlari oʼtkazildi.