Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

HARBIY TA’LIM FAKULTETI: Yoshlar turli tahdidlardan ogoh etildi

17:08, 23.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakultetida yoshlarni turli maʼnaviy tahdidlardan asrash, ularni sogʼlom va toʼgʼri fikrlashga daʼvat etish maqsadida ochiq muloqot oʼtkazildi.

Tadbir yosh avlodning turli psixotrob vositalar, shuningdek, bugungi kunda ijtimoiy tarmoq va elektron olamda keng yoyilib borayotgan totalizator, qimor oʼyinlariga mute boʼlishlarini oldini olish, talabalarning korrupsiya va uning oqibatlari toʼgʼrisida bilimlarini mustahkamlashga qaratildi.

Muhim mavzuda tashkil etilgan muloqotda Fargʼona shahar IIB profilaktika inspektori katta leytenanti S.Roʼzmatov, “Nur” masjidi imom-xatibi Husniddin domla Tursunzoda, fakultet dekani I. Saidov maʼruza qilishdi va muloqot orqali talabalarning diniy va dunyoviy bilimlari boyitildi. Turli oʼyin va mashgʼulot koʼrinishidagi tahdidlar yoshlar hayotini, orzu-umidlarini barbod qilishi haqida ogohlantirish berildi.