Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Horijiy hamkorlik aloqalari

16:31, 24.11.2021      

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorida ko‘zda tutilgan har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish vazifalari ijrosi yuzasidan Farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasida halqaro hamkorlik doirasida 2021 yilning 22-28 noyabr kunlari Turkiya, Xoji Bayram Vale universiteti doktori Bilol Koch tarix ta’lim yo‘nalishi talabalariga Ilk O‘rta asrlar va O‘rta asrlar tarixidan ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun taklif etildi. 2021 yil 22 noyabr kuni tarix yo‘nalishi 2-kurs talabalariga o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlari tinglovchilarda katta taasurot qoldirdi.