Xalqaro hamkorlik doirasida Farg’ona davlat universiteti Zootexniya fakulteti, zootexniya va agronomiya va tuproqshunoslik kafedralariga Ukraina Respublikasi, Ukraina bioresurslar va tabiatdan foydalanish Milliy universiteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Brovarskiy Valeriy Dmitriyevich tashrif buyurdi.
V.D.Brovarskiy tomonidan 2021 yil 22-noyabrdan 4-dekabrgacha zooinjeneriya: (asalarichilik) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich, 19/71-guruh talabalariga "Asalarichilik asoslari" fanidan 20 soat, tuproqshunoslik ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich, 20/79-guruh talabalariga "Umumiy dehqonchilik" fanidan 20 soatdan, jami - 40 soat ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
V.D.Brovarskiy asalarichilik sohasida dunyoga mashhur olimlardan biri bo‘lib, talabalarga ilmiy asoslangan ma’lumotlar asosida tayyorlangan slaydlar yordamida dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada olib bormoqda.
Shu bilan birga, fakultet professor-o‘ituvchilari va doktorantlariga asalarichilik sohasida master-klass o‘tkazmoqda.