Fargʼona davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakultetida talabalar va ularning ota-onalari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Unda fakultet professor-oʼqituvchilari va tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Dastlab ota-onalar bilan farzandlarining universitetda taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar oldidagi vazifalar, bu borada ota-onalarning masʼuliyati haqida suhbatlashildi.
Tadbir soʼnggida oʼquv yili boshidan darslarda faol ishtirok etgan, oʼzining namunali xulqi, intiluvchanligi bilan oʼrnak boʼlgan bir guruh talabalarning ota-onalariga fakultet rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.
Bu orqali fakultet va ota-onalar oʼrtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlandi.