Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari Margʼilon shahridagi “Ijodkorlar bogʼi”ga tashrif buyurishdi.
Dastlab talabalar mazkur bogʼda qad rostlagan Oʼzbekiston Qahramoni, Oʼzbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov haykalini ziyorat qilishdi.
Shundan soʼng “Erkin Vohidov memorial muzeyi” faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shoirning hayoti va faoliyati, ilmiy-ijodiy merosi, qoʼlga kiritgan yutuqlari, uning millat adabiyoti rivojidagi oʼrni haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʼlishdi.
Talabalar 2018 yildan faoliyat boshlagan Erkin Vohidov nomidagi Ijod maktabi faoliyati bilan ham tanishib, yorqin taassurotlarga ega boʼlishdi.