Farg’ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakultetida 1-dekabr “Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan OITS ga qarshi kurashish masalalariga e’tiborini kuchaytirish va targ’ibot-tushuntirish ishlarini faollashtirish maqsadida оchiq muloqot o’tkazildi.
Unda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi U.Rasulov, fakultet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari S.Abdullayev so’zga chiqib, bu yuqumli kasallik keng ma’noda nafaqat iqtisodiy, siyosiy zarar keltirishi, shuningdek, oilaviy, ruhiy, ma’naviy, axloqiy jihatdan salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi, kasallikning oldini olish, davolash, tarqalishini cheklash ishlarida aql-zakovat bilan ish tutish katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdilar.
Hozirgi vaqtda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan muammolardan biri OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) kasalligiinsoniyat olamida eng muhim va eng dahshatli balo, “asr vabosi” sifatida qayd etilgan.
Tdbir davomida OITS xavfli kasalligini yuqtirib olishdan saqlanish, uning belgilari va unga qarshi kurash bo’yicha viloyatimizda olib borilgan ishlar hamda statistik ma’lumotlar taqdimoti namoyish qilindi.
Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar oldilar,