Fargʼona davlat universiteti Tarix fakultetida 1 dekabr – OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Fargʼona viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi Ulugʼbek Rasulov ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.
Unda fakultet professor-oʼqituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Mutaxassis tomonidan ushbu kasallik, uning kelib chiqishi, yuqish yoʼllari, kasallikning belgilari, undan ximoyalanish yoʼllari, sogʼlom turmush tarzi, toʼgʼri yashash qoidalari boʼyicha atroflicha tushuntirish berildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.
Shuningdek tadbir davomida sanʼatshunoslik fakulьteti tasviriy sanʼat yoʼnalishi talabalari tomonidan 1 dekabr – OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan chizilgan rasmlar koʼrgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uygʼotdi.