Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

YOSHLARNING DINIY VA DUNYOVIY BILIMLARI MUSTAHKAMLANDI

15:57, 27.11.2021      

Fargʼona davlat universitetida viloyat hokimligi bilan hamkorlikda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni yot va buzgʼunchi gʼoyalarga qarshi immunitetini oshirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.

Uni Fargʼona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov ochib, bugungi kunda yosh avlod maʼnaviyati, tafakkurini sogʼlomlashtirishga eʼtibor yanada kuchaytirilgani, oʼgʼil-qizlarning diniy va dunyoviy bilimlarini mustahkamlash, taʼlim muassasasi-oila tarbiyasi mushtarakligi jamiyat rivoji uchun xizmat qilishini taʼkidladi.

Tadbirda viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʼyicha oʼrinbosari Jamshid Xatamov va Toshloq tumani bosh imom-xatibi Shukrullo qori Egamberdiyev oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot tarzida davom etgan tadbirda talaba-yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir yoshlarning dunyoqarashini sogʼlomlashtirish, tafakkurini kengaytirishga, diniy va dunyoviy bilimlarining boyishiga xizmat qildi.