Xabaringiz bor, joriy yilning 22-27-noyabr kunlari Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “InnoWeek.Uz-2021” innovatsion goyalar haftaligi boʼlib oʼtdi.
Mazkur innovatsion goyalar va texnologiyalar ko’rgazmasida respublikamizdagi oliy talim muassasalari, ilmiy institutlar, ishlab chiqarish tashkilotlari o’z ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.
Nufuzli haftalik doirasida oʼtkazilgan tanlovda Farg‘ona davlat universitetining oʼn nafar professor-o‘qituvchilari, yosh olim va iqtidorli talabalari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Quvonarlisi, universitetning texnologik talim kafedrasi dotsenti B.Karimovning “Xonadonlardagi metan gazini aniqlovchi va axborot beruvchi hamda tarmoqdan uzib qo’yuvchi avtomatik qurilma”, texnologik talim kafedrasining o’qituvchisi D.Yuldashaliyevning “Baliqchilik xovuzlaridagi xosildorlikni karrali orttirish uchun suvning kinetik energiyasi asosidagi aerator”, yosh olimlar - biologiya kafedrasi o‘qituvchilari S.G‘ulomov va O.Azamovlarning “Baliqchilik xo‘jaliklarida hosildorlikni oshirishga qaratilgan kompleks ishlar” loyihalari alohida eʼtirof etilib, uni amaliyotga tadbiq etishni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.
Olimlarimiz va iqtidorli talabalarimizning “InnoWeek.Uz-2021” innovatsion g’oyalar haftaligidagi samarali ishtiroki va qoʼlga kiritgan yutuqlari bilan qutlaymiz.
Fargʼona davlat universiteti matbuot xizmati.