Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

CHET TILI FAKULTETI: “Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam”

12:01, 30.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti Chet tili fakulteti tomonidan “OITS pandemiyasiga barham. Tengsizlikni tugatish” shiori ostida viloyat Teatr-konsert saroyi maydonida “Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam” ommaviy sport yurishlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda fakultet ingliz tili yoʼnalishi talabalari faol ishtirok etib, sogʼlom turmush tarzini olib borish maqsadida 5 ming qadam piyoda yurdilar.

Mazkur sana munosabati bilan ingliz tili yoʼnalishi tyutorlari va oʼqituvchilari tomonidan oʼtkazilgan “1 dekabr –Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” mavzusidagi tadbir ham samarali oʼtdi.

Unda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi shifokorlari, malakali psixolog va ekpertlar ishtirok etib, talaba-yoshlarga OITS butun dunyoda global muammolardan biri ekanligi, OITS bu orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi OIV infektsiyasining oxirgi bosqichi hisoblanishi, bu odamning immunitet tizimini ishdan chiqaruvchi va kasalliklar oldida himoyasiz qilib qoʼyadigan dard ekanligi va kasallik alomatlari toʼgʼrisida toʼliq maʼlumot berdilar. Unga qarshi kurashish, sog’lom turmush tarzi talablari, yoʼl-yoʼriqlari tushuntirildi.