Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

“Talabalar forumi-2021” doirasida “Men sevgan adib” loyihasi

12:03, 30.11.2021      

Fargʼona davlat universiteti boʼylab koʼtarinki kayfiyat va shijoat bilan boshlangan “Talabalar forumi-2021” joʼshqin loyihalar bilan davom etmoqda.

Universitetning Matematika-informatika fakultetida forum doirasida tashkil etilgan “Men sevgan adib” loyihasi talaba-yoshlarda katta qiziqish uygʼotdi. Unda yoshlar Ozbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi azosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Bahodir Iso bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda shoir Bahodir Iso o’z hayoti va ijodi, yoshlik davrlari, hozirgi zamon yoshlariga yaratilgan imkoniyatlar haqida to’lqinlanib gapirdi. Talaba yoshlar shoir ijodidan namunalar oʼqidilar.

Samimiy ruhda oʼtgan uchrashuvda shoir talabalarga oʼzining yangi ijod namunalarini oʼqib berdi, uning mulohaza va fikrlari yoshlarda kitobxonlikka muhabbat, ijodga, adabiyotga qiziqish va mehr hissini uyg’otdi.