Yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, ularning isteʼdod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va ragʼbatlantirish, talabalar oʼrtasida oʼzaro doʼstlik, Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, birdamlik tuygʼularini keng targʼib etish, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan forum fakultetlararo yoshlar bayramiga aylanishi kutilmoqda.
Bugun mazkur festivalning tantanali ochilish marosimi oʼtkazilib, talaba-yoshlar uchun koʼngilochar madaniy dastur va chiqishlar taqdim qilindi, festival mohiyati va maqsadi tushuntirildi.
Marosimda soʼz olgan universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektori Foziljon Otaqulov forum oʼndan ortiq loyihalarni oʼz ichiga olgani, yoshlarning isteʼdodini qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan tanlovlar oʼtkazilishini taʼkidladi, yigit-qizlarning “Universitet yoshlari, birgalikda -katta kuchmiz!” shiori ostida birlashishga chaqirdi.
Dastlab Fizika-texnika fakulteti festival bayroqdori sifatida maydonga chiqdi va fakultet boʼylab forum doirasida musobaqa, koʼrik-tanlov, intellektual oʼyinlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boshlandi.
Festivalda biz bilan birga boʼling va jarayonlarni biz bilan kuzatib boring.