Farg’ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti talaba-yoshlar o‘rtasida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish - dolzarb vazifa” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Farg‘ona shahar IIB profilaktika inspektori leytenant U.Aminov, Milliy gvardiya xodimi N.Mirzajonov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o‘rinbosari O. Erkaboyev, fakultet tyutori O.G’aniyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda bugungi kunda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni sodir etilishi ayanchli holat ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, hozirgi paytda ayrim yoshlarimiz tomonidan turli jinoyatlarni sodir etilayotganida ularning e’tiborsiz qolayotganligi, ayrim ota-onalarning farzand tarbiyasiga befarq ekanligiga urg’u berildi.
Farg‘ona shahar IIB profilaktika inspektori, leytenant U.Aminov chiqib, yoshlar tarbiyasida ularning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash kerakligi, jinoyatchiliklar sodir etilishi oldini olishda mas’ul tashkilot va muassasalar o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarini yanada jonlantirish zarurligini tushuntirdi. Jinoyat albatta jazosiz qolmasligi, bir jinoyat ikkinchi jinoyatni keltirib chiqarishi to‘g‘risida hayotiy misollar keltirdi.
Tadbir so‘ngida talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazildi. Xulosalar o‘zaro o‘rtoqlashilib, mavzu doirasida muhokamalar qilindi.