Farg’ona davlat universiteti matematika-informatika fakultetida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad bugungi kunda yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat.
Tadbirda Farg‘ona viloyati IIB TQKB xodimi, mayor G.Qo’ziyeva, fakultet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yich dekan o‘rinbosari O. Erkaboyev, fakultet tyuterlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
“Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusidagi ma’ruzalarda talabalarga terrorizm va din niqobidagi siyosiy ekstremizm allaqachon, milliy, etnik, diniy va hududiy xususiyatini yo‘qotib, xalqaro muammoga aylanib ulgurganligini eslatib, ularni ogoh bo‘lishga chaqirildi.