Fargʼona davlat universiteti Ilmiy Kengashi yigʼilishi oldidan jamoada oʼz ilmiy yangiliklari bilan hurmat qozonayotgan, ilmiy izlanishda boʼlgan bir guruh professor-oʼqituvchilarga turli fan yoʼnalishlari boʼyicha falsafa doktori diplomlarini tantanali topshirish marosimi oʼtkazildi.
Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov falsafa kafedrasi oʼqituvchilari Salimjon Evatov, Аkramjon Gʼulomov, jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri Ikromjon Yuldashev, amaliy ingliz tili kafedrasi mudiri Sevara Usmonovalarga oʼz fan yoʼnalishlari boʼyicha falsafa doktori diplomlari topshirdi va ularga yangidan-yangi ilmiy yuksalishlar tiladi.
Shuningdek, Sanʼatshunoslik fakulteti vokal va cholgʼu ijrochiligi kafedra oʼqituvchisi Dilshod Toshaliev va falsafa kafedrasi dotsenti Аbdumutal Qambarovlarning “Saraxborlar” kitobi musiqashunoslar oʼrtasidagi “Eng yaxshi oʼquv adabiyoti” respublika tanlovida 3-darajali diplom bilan taqdirlangani bilan muborakbod etildi.