Fakultetda Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbuslar ijrosi forum doirasida amalga oshirilmoqda.
Jumladan, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish maqsadida fakultet talabalari o‘rtasida5-yotoqxonada ularga biriktirilgan tyutorlar boshchiligida shaxmat-shashka musobaqalari o‘tkazildi.
Shu o‘rinda ma’lumot sifatida aytish kerakki, stol o‘yinlari – do‘stlar bilan vaqtni chog‘ o‘tkazishning a’lo usuli. Biroq uzoq o‘tmishga ega stol o‘yinlari nafaqat ko‘ngilni xursand qiladi, balki aql uchun a’lo mashq sanaladi.
Ko‘pchilik shashkani shaxmatning soddalashtirilgan ko‘rinishi sifatida qabul qiladi. Tuzilish jihatdan o‘xshashliklar bor: masalan, oq-qora to‘rtburchak bilan chizilgan taxta. Shashka – o‘z qoida va nozikliklariga ega umuman boshqa o‘yin.
Umuman olganda, shashka qoidasini o‘zlashtirish murakkab emas. Shashka diagonal bo‘ylab yuradi, dushmanlari ustidan oshib o‘tadi. Bu oddiy, biroq boy va turli kombinatsiyalarga ega o‘yin. Uni o‘rganish qiyin emas. U yoshlarga motiavitsiya va zavq-shavq olib keladi.