Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

ZOOTEXNIYA FAKULTETI: “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga sayohat

18:56, 01.12.2021      

Har qanday davlat taraqqiyot sari intilar ekan, doimo tarixga nazar tashlab, mavjud urf-odatlar, an’analar va qadimiy yodgorliklarni o‘rganishga va saqlashga intilishi tabiiy. Ayniqsa bu borada muzeylarning o‘rni beqiyosdir. Chunki muzeylar o‘tmishdan kelgan tarixiy madaniyat, ma’rifat, tabiat yodgorliklarining yaxlit tizimiga solingan yig‘indisi bo‘lib amaldagi qonun-qoidaga muvofiq ravishda saqlanadi va namoyish qilinadi.

Mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida Zootexniya fakulteti tomonidan “Ajdodlar xotirasi yodimizda” mavzusida talabalarning universitet qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga madaniy ekskursiyasi tashkil etildi. Ekskursiyaga asosan birinchi bosqich talabalari jalb etildi va ularga fakultet tyutorlari boshchilik qildilar.

Qayd etish kerakki, muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini o‘zida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi ko‘prik hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqning ma’naviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ham muzeylarning o‘rni beqiyos. Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy an’ana va qadriyatlarini o‘rganish, ularni targ‘ib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.