Farg’ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti va Ingliz tili va adabiyoti fakulteti hamkorligida 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan "Qo'lingni yordamga cho'z!" shiori ostida hayriya aksiyasi tashkillandi.
Fakultet professor-o'qituvchilari va talabalari hayriya aksiyasida faol ishtirok etdilar.
Farg'ona shahar onkologiya shifoxonasida davolanayotgan bolalar hamda Farg’ona shahar 86-sonli imkoniyati cheklangan bolalar ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab-internati bolalariga kitoblar jamlanmasi va o'quv qurollari hadya etildi.
Tashrif davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari ham namoyish etilib, mazkur muassasalardagi bolalarga yaxshi kayfiyat ulashildi.