Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

HARBIY TA’LIM FAKULTETI: “Talabalar forumi-2021 – yoshlar bayrami”

10:24, 02.12.2021      

Fargʼona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakultetida “Talabalar forumi-2021” festivalining tantanali ochilish marosimi oʼtkazildi.

Marosimda barcha talaba-yoshlar forumda faol ishtirok etishga, oʼz iqtidor va qobiliyatini munosib namoyish etishga chaqirildi.

Festivalning ochilish marosimida Sharqiy harbiy okrug orkestri jamoasi va Harbiy taʼlim fakulteti talabalari ishtirokida musiqiy kompozitsion dastur taqdim qilindi. Yoshlar yuksak vatanparvarlik mavzusidagi qoʼshiqlarni shijoat bilan ijro etishdi.

Koʼtarinki ruhdagi tadbirdan soʼng fakultet doirasida oʼtkaziladigan forumning oʼnlab turdagi loyiha va koʼrik-tanlovlar, sport musobaqalari, bellashuvlarga start berildi.