Farg’ona davlat universiteti Filologiya fakultetida birinchi kurs talabalari ishtirikida “Talabalikka bagʼishlov” tadbirini oʼtkazish anʼana tusiga kirgan. Bu yil ham rus tili va adabiyoti taʼlim yoʼnalishi talabalari tomonidan ushbu tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Unda talabalar hayotiga oid muhim voqealar va ilm olish tartiblari hajviy koʼrinishlar orqali ifodalab berildi. Muhimi, talabalar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish, ilm egallab, Vatan oldidagi yuksak ishonchni oqlash va kelajak uchun munosib vorislar boʼlib yetishishlarini bildirdilar.
Tadbirda rus milliy qoʼshiq va raqslari, jahona adabiyoti yirik namoyandalari asarlaridan sahna koʼrinishlari mahorat bilan ijro etildi.
Oʼtkazilgan tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosini taʼminlash, talabalar boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazilariga sharoit yaratish uchun xizmat qildi.