Farg’ona davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalari fakultet tyutori S.Otaboyeva boshchiligida universitet tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi.
Talabalar tashrif mobaynida el-yurtimiz ozodligi va erkinligi, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy ananalarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilish yo’lida qurbon bolgan vatandoshlarimizlar haqida yetarlicha ma’lumot oldilar.
Muzey xodimlari talaba-yoshlarga mashʼum qatagʼon yillari qiyinchiliklari, minglab fidoyi yurtdoshlarimiz boshiga tushgan qora kunlar haqida dalillar asosida soʼzlab berishdi. Istiqlol yillarida qatagʼon qurboniga aylangan shaxslarning pok nomi oqlanishi ularning xotirasiga hurmat va ehtirom namunasi ekanligi taʼkidlandi.
Mazkur tashrif yoshlar uchun maʼnaviy-maʼrifiy saboq boʼldi.