Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Filologiya fakulteti: Bitiruvchi talabalar kasbiy mahoratini shakllantirish masalalari

14:56, 02.12.2021      

Farg'ona davlat universiteti Filologiya fakultetida bitiruvchilarning kasbiy mahoratini shakllantirish, mahalliy ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, talabalarning bandligini ta’minlash, mutaxassis-kadrlar tayyorlash jarayoni sifat va samaradorligini oshirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan tadbirda viloyatdagi xalq ta’limi tizimida kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va talablar, bugungi kun bitiruvchilari oldida turgan muhim vazifalar, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida axborot berildi.

Shu bilan birga, tizimda yoshlar duch kelayotgan muammolar atroflicha muhokama etildi.