2021 yil 1 dekabr kuni Farg‘ona davlat universitetida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” mavzusida o‘tkazilgan tadbir talaba-yoshlarni birlashtirdi.
Unda ishtirok etgan professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar universitet kutubxona fondida saqlanayotgan badiiy, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi adabiyotlar bilan tanishdilar.
– Mamlakatimizda to‘rt yildan buyon o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi, bugun birorta yoshni befarq qoldirmayapti, – deydi matematika-informatika fakultetining ikkinchi bosqich talabasi Esonaliyeva Maxbuba. – Masalan, buning isbotini kutubxona va kitob do‘konlaridagi odamlarning gavjumligidan ham ko‘rishimiz mumkin.