Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Matematika-informatika fakulteti: “Bir million dasturchi — taraqqiyot nihollari”

15:04, 02.12.2021      

Kecha Farg‘ona davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti talaba-yoshlari “TALABALAR FORUMI-2021” festivalining “Bir million dasturchi — taraqqiyot nihollari” loyihasi asosida Marg‘ilon shahrida joylashgan Raqamli texnologiyalar markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Raqamli texnologiyalar markazining ish faoliyati, u yerda IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Mazkur Texnoparkda korxonalarga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma,yaʼni zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markaz hamda ofis maydonlari taqdim etilgan. Ularga raqamli texnologiyalar, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ham koʻrsatiladi. Yaqin kelajakda texnopark rezidentlari va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro kooperatsiya aloqalari yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan.