Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

ZOOTEXNIYA FAKULTETI: Professor Valeriy Brovarskiydan master-klass

15:07, 02.12.2021      

Xalqaro hamkorlik doirasida Fargona davlat universiteti Zootexniya fakulteti, zootexniya va agronomiya va tuproqshunoslik kafedralariga Ukraina Respublikasi, Ukraina bioresurslar va tabiatdan foydalanish Milliy universiteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Brovarskiy Valeriy Dmitriyevich tashrif buyurgan edi.

Ayni kunlarda ushbu mashhur olim fakultet professor-o‘qituvchilari va doktorantlariga asalarichilik sohasida master-klass o‘tkazishda davom etmoqda.

Professor mashgʼulotlari davomida universitet yosh olimlari qishloq xoʼjaligi, xususan, zootexniyaning barcha yoʼnalishlari boʼyicha tegishli maslahat va yoʼl-yoʼriqlar olishmoqda.