Dunyoda OITSga qarshi kurashish kuni Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) va 1988 yilda qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasi qaroriga binoan har yili 1-dekabr kuni nishonlanadi.
Ushbu sana munosabati bilan Farg'ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti hamda Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi hamkorligida talaba-yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Unda fakultet professor-o’qituvchilari, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida OITS kasalligi va unga qarshi kurash bo’yicha batafsil ma’lumotlar taqdim qilindi, “Biz -sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusidagi taqdimot namoyish qilindi.