Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

MAKTABGACHA VA BOSHLANGʼICH TA’LIM FAKULTETI: "Munosib hayot kaliti" aksiyasi

14:10, 03.12.2021      

Fargʼona davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim fakulteti tomonidan “Munosib hayot kaliti" mavzusidagi motivatsiya ulashuvchi psixologik aksiya oʼtkazildi.

Malakali psixologlar va fakultet tyutorlari oʼzaro hamkorlikda tashkil etgan aksiyada professor-oʼqituvchilar va talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

Fakultetga kirish foyesida koʼchma doska qoʼyilib, unga turli rangdagi qogʼozlar, motivatsiya beruvchi orzu-istak va tilaklar, maqsadlar yozildi. Har bir orzu egasining qatʼiyati, maqsadga erishish yoʼlidagi shijoati psixologlar tomonidan baholandi.