Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Universitet olimlari "Zamonaviy jamiyatda tuproqshunoslik: yutuqlar, muammolar va istiqbollar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada

15:39, 03.12.2021      

Аyni vaqtda Toshkent shahrining "INTERNATIONAL HOTEL TASHKENT" mehmonxonasi anjumanlar zalida 5 dekabr - Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan "Zamonaviy jamiyatda tuproqshunoslik: yutuqlar, muammolar va istiqbollar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Tuproqshunoslik va agrokimyo instutining 100 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiyada Farg‘ona davlat universitetining Zootexniya fakulteti Tuproqshunoslik kafedrasi professori G‘.Yuldashev hamda Zootexniya fakulteti dekani M.Isag‘aliyevlar tuproqshunoslik sohasining yetakchi olimlari sifatida o‘z maruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Universitet olimlarining mazkur nufuzli anjumandagi faol ishtiroki oliy taʼlim muassasamizning tuproqshunoslik yoʼnalishida xalqaro darajaga chiqishi yoʼlidagi samarali qadamdir.