Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Fargʼona davlat universiteti PRESS-KLUBi: HOKIM YORDAMCHISI - SHAFFOF KO'PRIK VA FUQAROLARNING ASL MADADKORI BO’LMOG'I DARKOR!

17:47, 03.12.2021      

Ma'lumki, "Mahallabay” ishlash tizimi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadi va xarid qobiliyatini oshirish, ishsizlik darajasi yuqori bo'lgan mahallalar bilan manzilli ishlash va ularning “o'sish nuqtalari”ni hayotga tatbiq etishda yaxshi samara berib kelmoqda.

Endilikda “mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, xususan, “Mahalladan chiqmay turib barcha xizmatlardan foydalanish” tamoyili asosida davlat tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar taqdim etilishiga imkon yaratish maqsadida respublikamizda, xususan Farg'ona viloyatida ham hokim yordamchilari ish boshladilar.

Ho'sh, hokim yordamchisi kim? Ular faoliyatidan ko'zlangan maqsad qanday? Xalqimiz muammolariga yechim topishda ulardan qanday umidlarimiz bor?

Marg'ilon shahridagi raqamli texnologiyalar markazida tashkillangan PRESS-KLUBda muhokama markazida bo'ldi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalarda hokim yordamchisi lavozimi joriy etilgani - har bir fuqaroning farovon hayoti uchun munosib sharoit yaratish yo'lidagi islohotlarning debochasidir. Bu islohotlarni amalga oshirishda hokim yordamchilari oldida turgan vazifalar -ulug'vor va mas'uliyatli.

Fargʼona davlat universiteti PRESS - KLUBida yuqoridagi masalalar universitet jamoasi tominidan teran tahlil qilindi.